Ushbu kurs iqtisodiyot tarmoqlarida sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar va ularda faoliyat yuritayotgan mutaxassislarni standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash va texnik jihatdan tartibga solish sohalarida bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish, malakalarini oshirishga mo‘ljallangan. Kurs davomida standartlashtirish tizimi, o‘lchash vositalari va ularni davriy nazoartdan o‘tkazib turilishi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi, texnik reglamentlar talablari hamda sifat menejment tizimi to‘g‘risida ilmiy asoslangan ma’lumotlar, me’yoriy huquqiy xujjatlar bilan tanishtiriladi.