Mahsulot va xizmatlarga xalqaro talablar asosida standartlarni ishlab chiqish, ekspertiza qilish va me’yor nazorati
2021 yil 05 apreldan 09 aprelgacha Standartlar institutida “Mahsulot va xizmatlarga xalqaro talablar asosida standartlarni ishlab chiqish, ekspertiza qilish va normakontrol ” o‘quv kursi tashkil qilindi. O‘quv kursi davomida O‘zbekiston Respublikadagi davlat tashkilotlari, tadbirkorlik su’ektlari va boshqa korxonalari jami 6 nafar xodimlari qatnashdilar. Ularga malakali o‘qituvchilar 1 hafta davomida o‘quv kursini dolzarb ekanligi va normativ xujjatlar bilan ishlash, normakontrol, xujjatlarni ekspertiza qishda qo‘yilgan talablar bo‘yicha o‘zlarining ko‘nikmalari va ish jarayonida namunalar olishda o‘zgarishlar bo‘yicha savollariga javob olishdi. O‘quv kursi davomida yetarli darajada normativ xujjatlar bilan ishlash, normakontrol, xujjatlarni ekspertiza qilishdagi usullarni o‘rganib olishdi.