Xorijiy ekspertlar ishtirokida Xalqaro o'quv kurslari tashkil etiladi.
Xorijiy ekspertlar ishtirokida Xalqaro o'quv kurslari tashkil etiladi.
Standartlar instituti qaytatayyorlash va malaka oshirish
markazi tomonidan 2021 yilda sanoat va iqtisodiy tarmoqlarining
tegishli vazirlik va idoralarida faoliyat yurituvchi xodimlardan
400 nafari Turkiya, Rossiya, Belarus va Xitoy kabi xorijiy davlatlarda hamda
ularning malakali ekspertlarini jalb qilgan holda malakasini oshiradi.
O‘quv kurslari standartlashtirish, sertifikatlashtirish
va metrologiya ixtisosliklari bo‘yicha sohadagi dolzarb bo‘lgan xalqaro standartlar
asosida xorijiy hamkorlar bilan birgalikda tashkil etiladi.
O‘quv kursiga arizalar Standartlar instituti QtvaMO markazida
qabul qilinmoqda.
Xalqaro o‘quv kursi tashkil etiladigan mavzu va ixtisoslik
yo‘nalishlari:
ISO 9001:2015 Sifat menejment tizimi,
ISO 15189:2019 Tibbiy laboratoriyalar. Sifat va layoqatlilik
talablari,
ISO 45001:2018 Sog‘liqni saqlash va mehnat xavfsizligi
menejment tizimlari,
ISO 31000:2018 Risklarni boshqarish. Qo‘llanma,
SMIIC 1 – Halol standartlari, Global G.A.P va
Organic mahsulotlar ishlab chiqarish.
OekoTeksstandart 100
Standartlar va texnik reglamentlarni ishlab chiqish,
ISO/IEC 17025:2017 Sinov va kalibrlash laboratoriyalari
kompetentliligiga umumiy talablar,
ISO/IEC 17065:2012 Muvofiqlikni baholash. Mahsulotlar,
jarayonlar va xizmatlarni sertifikatlashtiruvchi organlarga doir talablar
O‘lchash vositalarini kalibrlash va qiyoslash, noaniqligini
aniqlash,
Usullarni validatsiyasi va verifikatsiyasi
Defektoskopiya, radio to‘lqin xavfsizligini o‘lchash va
optik o‘lchashni analitik tahlili